Logo

Turkmanistonda 2026-yilning milliy shiori eʼlon qilindi

Yanvar 05, 2026. 12:40 • 31 soniya

328
Turkmanistonda 2026-yilning milliy shiori eʼlon qilindi

ASHXOBOD, 5-yanvar. /“Dunyo” AA/. Turkmanistonda 2026-yil “Mustaqil neytral Turkmaniston – azmu shijoatli samoviy tulporlar vatani” shiori ostida o‘tadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Turkmenistan segodnya” davlat axborot agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, ushbu shior Turkmaniston Mejlisining qarori bilan tasdiqlangan.

Mejlis raisi Dunyagozel Gulmanova Turkmaniston hukumati yig‘ilishida mazkur shior “Xalq vakillari, mamlakatning yirik jamoat tashkilotlari, mehnat jamoalari va fuqarolardan kelib tushgan takliflar asosida” maʼqullanganini maʼlum qildi.

“Sharq taqvimiga ko‘ra, kirib kelayotgan yil – Ot yili, — deyiladi Turkmaniston Mejlisining qarorida. — Turkman otlari xalqimizning milliy g‘ururi, bebaho boyligi va yuksak yutuqlar ramzi hisoblanadi”.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish