Minskda G‘ulom Yoqubov nomidagi maktabda O‘zbek tili bayrami nishonlandi

Oktabr 22, 2026. 15:00 • 2 daq

• 175
Minskda G‘ulom Yoqubov nomidagi maktabda O‘zbek tili bayrami nishonlandi
Minskda G‘ulom Yoqubov nomidagi maktabda O‘zbek tili bayrami nishonlandi
Minskda G‘ulom Yoqubov nomidagi maktabda O‘zbek tili bayrami nishonlandi
Minskda G‘ulom Yoqubov nomidagi maktabda O‘zbek tili bayrami nishonlandi

MINSK, 22-oktabr. /“Dunyo” AA/. Belarus poytaxtida o‘zbek qahramoni G‘ulom Yoqubov nomidagi 36-o‘rta maktabda 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan “Tarix va madaniyat chorrahasida” mavzusida uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda Andijon viloyati hokimi maslahatchisi Ostonaqul Mirzayev, beloruslik teleboshlovchi va muxbir Tengiz Dumbadze hamda Minsk shahri rahbariyati vakillari ishtirok etdi.

Ushbu muassasa o‘quvchilari mehmonlarni “Assalomu alaykum, aziz mehmonlar! Maktabimizga xush kelibsiz!” deya o‘zbek tilida gapirib kutib oldi. G‘ulom Yoqubov xotirasiga bag‘ishlab o‘zbek tilida she’rlar o‘qildi, qo‘shiqlar ijro etildi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar O‘zbekiston va Belarus tarixidagi mushtarak voqealar, ikki xalq qahramonlari, G‘ulom Yoqubov kabi buyuk insonlarning jasorati, o‘zbek madaniyati va tili haqida so‘z yuritdi.

Maktab ma’muriyatiga “O‘zbek madaniyati burchagi”ni tashkil etish uchun mehmonlar tomonidan G‘ulom Yoqubov tug‘ilib o‘sgan Asaka shahridan olib kelingan hunarmandchilik mahsulotlari va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Minskdagi 36-maktab bilan Asaka tumanidagi 25-maktab o‘rtasida do‘stlik aloqalarini o‘rnatish taklif qilindi.

Tengiz Dumbadze G‘ulom Yoqubov va boshqa o‘zbek qahramonlari haqida hujjatli film suratga olishga qiziqish bildirdi. Shuningdek, u noyabr oyida Andijon va Farg‘ona viloyatlariga tashrif buyurishni rejalashtirayotganini qayd etdi.

Default Avatar

Material muallifi

Samandar Xodjiyev

samandar@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish