Kuala-Lumpurdan tabrik: O‘zbekiston – tarixi boy, madaniyati betakror, odamlari mehmondo‘st mamlakat
Oktabr 22, 2026. 18:00 • 2 daq
• 186
KUALA-LUMPUR, 22-oktabr. /“Dunyo” AA/. “O‘zbek tili do‘stlari” klubi a’zosi, malayziyalik turizm sohasi mutaxassisi Muhammad Armayn “Dunyo” AAga bergan intervyusida O‘zbekiston xalqini O‘zbek tili bayrami kuni bilan qutladi.
– Assalomu alaykum!
Men Samarqanddagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining “Turizm va mehmondo‘stlik” yo‘nalishida tahsil olganman.
O‘zbekistonda yashagan davrim menga o‘zbek tili, madaniyati, tarixi va xalqning mehmondo‘stligini yanada chuqurroq anglashga yordam berdi. O‘zbek tilini hozircha mukammal bilmasam-da, uni o‘rganishda davom etyapman.
Ayni paytda Malayziyada turizm sohasida faoliyat yuritib, yurtimdagi sayyohlar guruhlarining O‘zbekistonga safarlarini tashkil etib kelyapman. Men ularni O‘zbekistonning tarixiy obidalari, islomiy merosi, go‘zal shaharlari va boy madaniyati bilan tanishtiraman.
Men uchun O‘zbekiston shunchaki sayyohlik yo‘nalishi emas, balki tarixi boy, madaniyati betakror, odamlari samimiy va mehmondo‘st mamlakatdir. Zero, hayot – bu yo‘l, har bir qadam esa saboqdir. Kishining ko‘ngli pok bo‘lsa, butun olam nurga to‘ladi!
Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin!
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi