Qurbon hayiti munosabati bilan Rossiyaning Nijnekamsk shahridagi vatandoshlar uchun xayriya dasturxoni yozildi

May 31, 2026. 17:00 • 55 soniya

108
Qurbon hayiti munosabati bilan Rossiyaning Nijnekamsk shahridagi vatandoshlar uchun xayriya dasturxoni yozildi
Qurbon hayiti munosabati bilan Rossiyaning Nijnekamsk shahridagi vatandoshlar uchun xayriya dasturxoni yozildi
Qurbon hayiti munosabati bilan Rossiyaning Nijnekamsk shahridagi vatandoshlar uchun xayriya dasturxoni yozildi

NIJNEKAMSK, 31-may. /“Dunyo” AA/. Tatariston Respublikasining Nijnekamsk shahrida Qurbon hayiti munosabati bilan mintaqada vaqtincha mehnat qilayotgan hamyurtlarimiz uchun xayriya dasturxoni yozildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuv davomida vatandoshlarga xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, ko‘rsatilayotgan konsullik-huquqiy ko‘mak haqida so‘zlab berildi.

O‘z navbatida, hamyurtlarimiz ko‘rsatilayotgan eʼtibor va g‘amxo‘rlik uchun davlatimiz rahbariga samimiy minnatdorlik bildirib, vatanimiz ravnaqi yo‘lida duolar qildilar.

Dasturxonga tortilgan milliy taomlar tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuv ishtirokchilar o‘rtasida jonli muloqot va o‘zaro anglashuvni mustahkamlash uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qildi

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish