O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasida bolalar o‘rtasida rasm chizish bo‘yicha tanlov tashkil etildi
Iyun 02, 2026. 19:32 • 2 daq
• 85
ISLOMOBOD, 2-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi tomonidan Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni va diplomatik vakolatxona xodimlarining farzandlari uchun “Ochiq eshiklar kuni” doirasida bolalar o‘rtasida rasm chizish bo‘yicha tanlov tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mazkur tanlov yosh avlodni san’at va ijodkorlikka qiziqtirish va ularning O‘zbekiston haqidagi tasavvurlarini boyitish maqsadida o‘tkazildi.
Unda elchixona diplomatlari farzandlari faol ishtirok etdi. Yosh ishtirokchilar o‘z iqtidor va tasavvurlarini namoyon etib, O‘zbekiston tarixi, madaniyati, milliy qadriyatlari va diqqatga sazovor maskanlariga bag‘ishlangan rang-barang suratlarni chizdilar.
Tanlov ishtirokchilari tomonidan chizilgan rasmlarda Samarqand, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlar, Registon maydoni, o‘zbek xalqining urf-odatlari, milliy liboslari va bayramona an’analari aks ettirildi.
Tanlov doirasida bolalar tomonidan yaratilgan san’at asarlarining ko‘rgazmasi ham tashkil qilindi. Elchixona mehmonlari va ota-onalar bolalar tomonidan yaratilgan ijod namunalari bilan tanishib, ularning mahoratini yuqori baholadilar.
Tanlov natijalari hakamlar hay’ati tomonidan baholandi. Yosh mo‘yqalam sohiblarining “asar”larini baholashda rasmlarning mazmunan boyligi, mavzuga mosligi, ijodiy yondashuv va badiiy mahoratiga alohida e’tibor qaratildi. Eng yaxshi ishlar mualliflari g‘olib deb topilib, ularga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, barcha ishtirokchilarga faol ishtiroki uchun tashakkurnomalar va rag‘batlantiruvchi sovg‘alar berildi.
Taqdirlash marosimida so‘zga chiqqan elchixona vakillari bolalarni bayram bilan tabriklab, ularning ijodiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.
Bunday tadbirlar yosh avlodning milliy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalanishi, turli xalqlar madaniyati bilan yaqindan tanishishi va do‘stlik rishtalarining mustahkamlanishiga xizmat qilishi qayd etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Qurbon hayiti munosabati bilan Rossiyaning Nijnekamsk shahridagi vatandoshlar uchun xayriya dasturxoni yozildi



