Sankt-Peterburgda vatandoshlar uchun xayriya dasturxoni yozildi

May 29, 2026. 11:40 • 2 daq

101
Sankt-Peterburgda vatandoshlar uchun xayriya dasturxoni yozildi
Sankt-Peterburgda vatandoshlar uchun xayriya dasturxoni yozildi
Sankt-Peterburgda vatandoshlar uchun xayriya dasturxoni yozildi
Sankt-Peterburgda vatandoshlar uchun xayriya dasturxoni yozildi

SANKT-PETERBURG, 29-may. /“Dunyo” AA/. Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlar uchun Qurbon hayiti munosabati bilan xayriya dasturxoni yozildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda bosh konsul Abdurahmon Mahmudov ushbu bayram dasturxoni Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilganini maʼlum qildi.

Konsul mamlakat rahbariyati xorijdagi vatandoshlarga, ayniqsa talabalarga alohida eʼtibor qaratayotganini, ularning har biri Yangi O‘zbekistonni barpo etishda muhim o‘rin tutishini taʼkidladi.

Shuningdek, yoshlar asosan o‘qishga eʼtibor qaratishi kerakligi qayd etildi va turli salbiy taʼsirlar, jumladan, diniy oqimlar, narkokuryerlik hamda urushlarda qatnashish uchun yollanish kabi holatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Tadbir ishtirokchilari bu kabi tashabbuslarni yuqori baholab, davlat rahbariyatiga samimiy minnatdorchilik bildirdi. Xususan, Mardon Jumaniyozov, Sankt-Peterburg shahridagi “PIK” MCHJda ishlovchi mehnat migranti sifatida, bayram ziyofati davlatning xorijdagi fuqarolarga ko‘rsatayotgan eʼtiborining yorqin namunasi ekanini taʼkidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Prezident tashabbusi va Bosh konsulxona ko‘magida tashkil etilgan tadbir yuqori saviyada o‘tgan. U vatandoshlar bayramni milliy taomlar tortilgan dasturxon atrofida, ko‘tarinki kayfiyatda nishonlaganini qayd etib, davlat rahbariga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish