Istanbuldagi vatandoshlar Qurbon hayitini birgalikda nishonladi
May 29, 2026. 12:40 • 2 daq
• 133ISTANBUL, 29-may. /“Dunyo” AA/. Turkiyaning Fotih tumanidagi “O‘zbegim” restoranida Qurbon hayiti munosabati bilan ushbu hududda istiqomat qilayotgan vatandoshlar uchun xayr-ehson dasturxoni yozildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mamlakatimizning Istanbul shahridagi Bosh konsulxona tomonidan tashkil etilgan tadbirda diplomatlar, ushbu shahar va uning atrofida yashayotgan yurtdoshlar, jamoatchilik faollari ishtirok etdi.
Uchrashuvda Bosh konsulxona xodimlari mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, aholi farovonligini oshirish va ayniqsa xorijda yashayotgan vatandoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berdi.
Shuningdek, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan xorijdagi fuqarolar bilan aloqalarni mustahkamlash, ularning muammolarini hal etish hamda milliy qadriyatlarni asrab-avaylashga qaratilgan ishlar alohida taʼkidlandi.
Tadbirda Qurʼon tilovat qilinib, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi, xalqimiz farovonligi, millatimiz birdamligi hamda butun musulmon olamiga fayzu baraka tilab duo qilindi.
Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan tadbir vatandoshlar o‘rtasida mehr-oqibat, bag‘rikenglik va hamjihatlik muhitini yana-da mustahkamlashga xizmat qilgani qayd etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi







