O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi Buyuk Britaniya parlamenti spikeri bilan uchrashuv o‘tkazdi
Oktabr 10, 2026. 17:30 • 2 daq
• 101
LONDON, 10-oktabr. /“Dunyo” AA/. Tanzaniyaning Arusha shahrida bo‘lib o‘tayotgan Parlamentlararo ittifoqning 153-Assambleyasi doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari, Senat raisi Tanzila Narbayeva Buyuk Britaniya parlamenti Jamoatlar palatasi spikeri Lindsi Xoyl bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muzokaralarda O‘zbekiston–Buyuk Britaniya munosabatlarini rivojlantirish, shuningdek, parlamentlararo aloqalarni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Lindsi Xoyl O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi tomonidan mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan tadbirda bosh mehmon sifatida ishtirok etganidan mamnunligini bildirdi. U tadbir yuqori saviyada tashkil etilganini e’tirof etib, bunday tashabbuslar ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Muloqot davomida parlamentlararo hamkorlikni izchil rivojlantirishga, parlamentlarning tegishli qo‘mitalari va do‘stlik guruhlari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston yoshlari orasida ingliz tilini o‘rganish va Buyuk Britaniyada tahsil olishga qiziqish ortib borayotgani qayd etildi. Shu boisdan bilan Britaniya universitetlari va yetakchi ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida savdo-iqtisodiy sheriklikni kengaytirish, sog‘liqni saqlash va xavfsizlik sohalaridagi munosabatlarni yanada kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi