Nemis kompaniyasi Buxoro viloyatidagi texnikumga kompyuter texnikasini topshirdi

Oktabr 11, 2026. 11:00 • 2 daq

•
Nemis kompaniyasi Buxoro viloyatidagi texnikumga kompyuter texnikasini topshirdi
Nemis kompaniyasi Buxoro viloyatidagi texnikumga kompyuter texnikasini topshirdi
Nemis kompaniyasi Buxoro viloyatidagi texnikumga kompyuter texnikasini topshirdi

FRANKFURT-MAYN, 11-oktyabr. /«Dunyo» AA/. Nemis kompaniyasining beg‘araz ko‘magi sifatida taqdim etilgan zamonaviy kompyuter jamlanmalari Buxoro viloyatining Romitan tumanidagi 1-sonli texnikumga yetkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Mazkur uskunalarni O‘zbekistonga olib kelish va o‘quv yurtiga topshirish jarayoni Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonamiz tomondan tashkil etildi.

Taqdim etilgan zamonaviy texnika texnikumning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaydi, o‘quvchilarning raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi hamda iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarni egallashiga yordam beradi.

2020-yilda asos solingan «Gunzilla Games» kompaniyasi videoo‘yinlar yaratishga ixtisoslashgan. Uning bosh qarorgohi Frankfurt-Mayn shahrida joylashgan bo‘lib, shuningdek, Londonda ham studiyalari faoliyat yuritadi.

Mazkur tashabbus Germaniya ishbilarmonlik doiralari salohiyatini O‘zbekistonda ta’lim sohasini qo‘llab-quvvatlashga jalb etishga qaratilgan.

Bosh konsulxona Germaniya biznes vakillari bilan kasbiy ta’limni modernizatsiya qilish hamda yosh mutaxassislarni mehnat bozori talablariga muvofiq tayyorlashga xizmat qiladigan amaliy hamkorlik loyihalarini izchil davom ettirmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish