O‘zbekistonning OTB yillik yig‘ilishida ilgari surgan tashabbuslari Misr OAVda keng yoritilmoqda

May 12, 2026. 13:11 • 2 daq

12
O‘zbekistonning OTB yillik yig‘ilishida ilgari surgan tashabbuslari Misr OAVda keng yoritilmoqda
O‘zbekistonning OTB yillik yig‘ilishida ilgari surgan tashabbuslari Misr OAVda keng yoritilmoqda
O‘zbekistonning OTB yillik yig‘ilishida ilgari surgan tashabbuslari Misr OAVda keng yoritilmoqda

QOHIRA, 12-may. /“Dunyo” AA/. Misrning yetakchi ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston Prezidentining Samarqandda bo‘lib o‘tgan Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yig‘ilishida ilgari surgan tashabbuslari keng yoritildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xususan, “Al-Ahram Gate”, “Rosa El-Youssef”, “Dar El-Hilal”, “Al Diplomasy”, “Al Diplomasy”, “Sada Elbalad English” kabi nashrlar O‘zbekiston yetakchisining asosiy tashabbuslariga bag‘ishlangan maqolalarni eʼlon qildi.

Misr ommaviy OAVda O‘zbekiston Prezidentining raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni joriy etish, qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish, Markaziy Osiyoda transport-logistika aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, strategik muhim minerallar sohasida hamkorlikni kengaytirish hamda “yashil” kun tartibini ilgari surishga oid tashabbuslariga alohida eʼtibor qaratilgan.

Nashrlarda OTB shafeligida rivojlanayotgan mamlakatlarda sunʼiy intellekt ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha maxsus dastur yaratish taklifiga, shuningdek, Toshkentda “Digital Path for Asia” mintaqaviy muvofiqlashtirish markazini tashkil etish tashabbusiga alohida eʼtibor qaratilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston tomonining “yashil” energetikani rivojlantirish, Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturi doirasida raqamli bojxona-logistika alyansini shakllantirish, “Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” temiryo‘l loyihasini amalga oshirish, strategik minerallarni yetkazib berishning barqaror zanjirlarini yaratish hamda xomashyoni yuqori texnologiyalar asosida qayta ishlashni rivojlantirish bo‘yicha takliflarining ahamiyati alohida taʼkidlangan.

Ushbu tashabbuslar mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish, raqamli transformatsiyani jadallashtirish va Osiyo mamlakatlarida barqaror iqtisodiy o‘sishni taʼminlashga qaratilgani nashrlarda qayd etilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish