Daniya kompaniyalari V Toshkent xalqaro investitsiya forumiga katta qiziqish bildirmoqda
May 12, 2026. 10:55 • 58 soniya
• 112KOPENGAGEN, 12-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Rahmatulla Nurimbetov Daniya kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Xususan, Daniya eksport-investitsiya fondi (“EIFO”) yirik loyihalarni moliyalashtirish direktori Yens Xestbax bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekistonning tog‘-kon sanoati, “yashil” energetika, baliqchilik va agrosanoat, chorvachilik hamda organik qishloq xo‘jaligi kabi strategik tarmoqlariga Daniyaning ilg‘or texnologiyalari va nou-xaularini jalb etish yo‘llari muhokama qilindi.
Elchi, shuningdek, Daniyaning “FLS Smidth, “UNIBIO” va “Aler Aqua” kompaniyalari rahbarlari bilan ham muzokaralar olib bordi.
Uchrashuvlar yakunida mazkur kompaniyalar va “EIFO” o‘z delegatsiyalari bilan V Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishini tasdiqlab, ushbu anjumanni investitsiyaviy va texnologik loyihalarni amaliy muhokama qilish uchun samarali platforma sifatida ko‘rishini qayd etdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

BAA kompaniyasi O‘zbekistonda 100 ta diagnostika markazi tashkil etish loyihasini taqdim qildi






