BAA kompaniyasi Yangi Toshkentni barpo etish loyihalariga investitsiya kiritishga qiziqish bildirmoqda
Noyabr 04, 2026. 12:00 • 2 daq
• 181
ABU-DABI, 4-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning BAAdagi elchixonasi diplomatlari “Plenary Group” investitsiya kompaniyasining Yaqin Sharq bo‘linmasi bosh direktori Oliver Barbagallo bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuv chog‘ida tomonlar o‘zbek-arab investitsiyaviy hamkorligini kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qilib, Yangi Toshkent hududida amalga oshirilayotgan infratuzilmaviy va ijtimoiy loyihalarga alohida e’tibor qaratdilar.
Kompaniya vakiliga mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli qurilish ishlari, zamonaviy shaharsozlik yondashuvlari, qulay investitsiyaviy muhit va xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, kapital kiritishning istiqbolli yo‘nalishlari taqdim etildi.
Oliver Barbagallo “Plenary Group” kompaniyasining Yangi Toshkentdagi ijtimoiy soha, infratuzilma va ma’muriy obyektlarni qurish bilan bog‘liq yirik loyihalarda ishtirok etishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Muzokaralar yakunida tomonlar istiqbolli investitsiyaviy tashabbuslarni amalga oshirish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan muloqotni davom ettirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi