O‘zbekistonning Katta Manchester ishbilarmon doiralari bilan sheriklik aloqalari hamkorligi ustuvor yo‘nalishlarda rivojlanadi

Avgust 05, 2026. 15:00 • 2 daq

110
O‘zbekistonning Katta Manchester ishbilarmon doiralari bilan sheriklik aloqalari hamkorligi ustuvor yo‘nalishlarda rivojlanadi

MANCHESTER, 5-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Buyuk Britaniyaning Katta Manchester savdo palatasi bosh ijrochi direktori Emma Xolt bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot davomida Emma Xolt Manchester shahrining Buyuk Britaniyadagi muhim iqtisodiy markazlardan biri sifatidagi o‘rni tobora mustahkamlanib borayotgani, shaharning mamlakat bo‘ylab savdo-investitsiyaviy aloqalar, transport va logistika tarmoqlarida muhim bog‘lovchi markaz sifatidagi ahamiyatini taʼkidladi.

Mazkur jarayonlar, xususan, Katta Manchesterning sobiq meri Endi Byornemning Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimiga kelishi hamda Bosh vazir apparatining Manchesterdagi vakolatxonasi ochilishi ortidan yana-da jadallashayotgani qayd etildi.

Uchrashuvda mintaqaning raqobatbardosh va istiqbolli tarmoqlari sifatida qurilish, muhandislik va sanoat ishlab chiqarishi, axborot texnologiyalari, shuningdek, moliyaviy va professional xizmatlar sohalari alohida ko‘rsatib o‘tildi.

Britaniya tomoni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar va Manchesterning rivojlanish ustuvor yo‘nalishlari o‘rtasida mushtarak jihatlar mavjudligini taʼkidlab, mazkur sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun katta salohiyat mavjudligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida Manchester ishbilarmon doiralari bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish, ikki tomonlama biznes aloqalarini rivojlantirish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni ilgari surish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish