Buyuk Britaniyaning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon bo‘yicha savdo vakili ilk bor O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Fevral 13, 2026. 15:00 • 43 soniya
• 99
LONDON, 13-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Buyuk Britaniyaning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon bo‘yicha savdo vakili lord Jon Olderdays bilan uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muloqot davomida tomonlar Jon Olderdaysning joriy yil 14–20-fevral kunlari O‘zbekistonga rejalashtirilgan tashrifining tashkiliy va mazmunli jihatlarini atroflicha muhokama qildi.
Suhbatdosh O‘zbekistonga safarini intiqlik bilan kutayotganini maʼlum qilib, o‘zbek tomoniga tashrifni yuqori saviyada tashkil etishga qaratilgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi.
Britaniyalik mutaxassis O‘zbekiston vakillari bilan savdo-investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish, strategik sohalarda o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish niyatida ekanini qayd etdi.
Xususan, tashrif doirasida “O‘zbekiston–Britaniya infratuzilma konferensiyasi” o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu tadbirga Britaniya ishbilarmon doiralari katta qiziqish bildirmoqda.
Shuningdek, lord Olderdays tashrifi kun tartibida taʼlim va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik istiqbollariga ham alohida eʼtibor qaratiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
