Logo

O‘zbekiston diplomatlari Polshaning Podlyaska voevodligi rahbarlari bilan hududlararo aloqalarni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi

Fevral 08, 2026. 15:20 • 2 daq

130

BELOSTOK, 8-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston diplomatlari Polshaning Podlyask voyevodaligi (viloyati)ga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Podlyask voyevodaligi Polshaning Shimoliy-sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, bu yerda qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, parrandachilik va transport-logistika tarmoqlari rivojlangan.

Vakillarimiz tashrif davomida Podlyask marshali (hokim) Lukash Prokorim bilan uchrashdi.

Muzokaralar davomida qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, transport-kommunikatsiya, axborot texnologiyalari, mebel ishlab chiqarish, taʼlim, sport va turizm sohalarida Xorazm viloyati va Podlyask voyevodaligi o‘rtasida hududlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va uni amaliy mazmun bilan boyitish masalalari muhokama qilindi.

Lukash Prokorim elchixonaning bu boradagi tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, tegishli taklifnoma kelib tushgan taqdirda 2026-yil davomida O‘zbekistonga, xususan, Xorazm va Toshkent viloyatlariga Podlyask voyevodaligi ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat biznes-missiya boshchiligida tashrif buyurishga tayyor ekanini maʼlum qildi.

Podlyask hokimning taʼkidlashicha, Podlyask voyevodaligi qishloq xo‘jaligi va metallurgiya sanoati sohalarida yuqori salohiyatga ega bo‘lib, innovatsion ishlab chiqarish va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlari bilan ajralib turadi. Jumladan, ushbu hududda faoliyat yuritayotgan “Pronar” (qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish), “Mlekovita” (sut va sut mahsulotlari) hamda “Igloszron” (sovutgich va muzlatish uskunalari) kabi yirik kompaniyalar O‘zbekistonda, xususan, Xorazm va Toshkent viloyatlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirishga katta qiziqish bildirgan.

Shu bilan birga, polyak tomoni Belostok universiteti, Belostok texnologiya universiteti hamda Belostok tibbiyot universiteti O‘zbekistondagi, ayniqsa, Xorazm viloyatidagi oliy taʼlim muassasalar bilan taʼlim, ilm-fan va akademik almashinuv sohalarida sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanini maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur oliygohlar va yuqorida tilga olingan kompaniyalar vakillari O‘zbekistonga rejalashtirilayotgan navbatdagi biznes-missiya tarkibida ishtirok etishni ko‘zda tutmoqda.

Yurtimiz diplomatlari Podlyask voyevodaligidagi Droxichin shahri meri Voysex Borjim, Polsha Milliy savdo palatasi vitse-prezidenti, Podlyaski iqtisodiy forumi prezidenti, Belostok Savdo-sanoat palatasining faxriy prezidenti, “Contractus” kompaniyasi prezidenti Vitold Karchevski hamda Belostok shahridagi Oliy iqtisodiyot universiteti rektori Aleksandr Prokopyuk bilan ham uchrashdi.

Dipmissiya rahbari ishtirokida Droxichin shahri meri Voysex Borjim va Toshkent viloyati Nurafshon shahri hokimi Ilhom Qilichxonov o‘rtasida o‘tkazilgan onlayn uchrashuv yakunida mazkur ikki shahar o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Ushbu hujjatga muvofiq, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, ilg‘or investitsiyalarni jalb etish, agroturizmni yo‘lga qo‘yish hamda boshqa o‘zaro manfaatli sohalarda amaliy hamkorlikni izchil kengaytirish nazarda tutilgan.

Aleksandr Prokopyuk, o‘z navbatida, O‘zbekiston vakillarini 2026-yil may oyida Belostok shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Iqtisodiy va geosiyosiy o‘zgarishlar sharoitida global va mintaqaviy integratsiya” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etishga taklif qildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish