O‘zbekiston va Xitoy chorvachilik sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda
May 18, 2026. 09:55 • 2 daq
• 196
PEKIN, 18-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari Xitoy milliy chorvachilik assotsiatsiyasi bosh kotibi Sha Yuyshen bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muloqot chog‘ida chorvachilik sohasida O‘zbekiston-Xitoy hamkorligining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida Xitoy milliy chorvachilik assotsiatsiyasi bilan tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Tomonlar ilg‘or tajriba almashish, Xitoy tajribasini O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish hamda chorvachilik sohasida qo‘shma ilmiy-texnik va investitsiya loyihalarini amalga oshirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
Shuningdek, hamkorlikni rivojlantirish doirasida o‘zbekistonlik mutaxassislar 18-20-may kunlari Sichuan provinsiyasining Chendu shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro chorvachilik ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda.
Ushbu tadbir Osiyoning eng yirik va nufuzli tarmoq maydonlaridan biri hisoblanadi. Ko‘rgazmada anʼanaviy tarzda yetakchi kompaniyalar, ilmiy-tadqiqot institutlari, uskunalar ishlab chiqaruvchilar va xalqaro xaridorlar ishtirok etmoqda. Ko‘rgazma chorvachilik va parrandachilik, seleksiya ishlari, ozuqa va ozuqa qo‘shimchalari, veterinariya va hayvonlar salomatligi, ixtisoslashtirilgan texnika va texnologiyalar, shuningdek, soha uchun ekologik yechimlar kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.
Bundan tashqari, ko‘rgazma doirasida chorvachilik sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy forumini o‘tkazish rejalashtirilgan. Forum O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasi va Xitoy milliy chorvachilik assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etiladi.
Unda O‘zbekiston vazirlik va idoralari, tegishli tashkilotlar, veterinariya xizmatlari, hududiy hokimliklar, ilmiy doiralar va ishbilarmon doiralar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Varshavada O‘zbekiston–Polsha ishbilarmonlik aloqalarini yanada rivojlantirishning istiqbollari ko‘rib chiqildi

Shanxay ishbilarmon doiralari O‘zbekistonning sarmoyaviy salohiyatiga qiziqish bildirmoqda


