O‘zbekiston va BAA o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muzokara o‘tkazildi
May 10, 2026. 14:25 • 2 daq
• 116
DUBAY, 13-may. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning BAAdagi elchixonasi diplomatlari ushbu davlatdagi “Dubai Chambers” tashkiloti prezidenti va bosh direktori Muhammad Ali Luta bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muzokaralar chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni yanada kengaytirish borasida fikr almashdi. Shu bilan birga, iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlash, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi.
O‘zbekiston elchisi Umid Shodiyev O‘zbekistonda inklyuziv va barqaror iqtisodiy o‘sishni taʼminlash, kambag‘allikni qisqartirish, iqtisodiyotda raqobatni kuchaytirish, tadbirkorlik uchun teng va qulay sharoitlar yaratish borasidagi islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Xususiy va xorijiy investitsiyalar hajmini oshirish, ishbilarmon doiralar ishonchini mustahkamlash va mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari alohida qayd etildi.
Uchrashuv davomida “Dubai Chambers” vakillarining V Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishi, Dubayda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokida qo‘shma biznes-forum va qator B2B formatida uchrashuvlarini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
“Dubai Chambers” 1965 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Dubay amirligida biznes va savdo manfaatlarini qo‘llab-quvvatlovchi hamda hukumat bilan yaqin hamkorlik qiluvchi nufuzli tashkilot hisoblanadi. Palata Dubay iqtisodiyoti va xalqaro savdoni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi.
Tashkilotning asosiy vazifalari xususiy biznes va kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro savdo va investitsiyalarni rag‘batlantirish, eksport uchun kelib chiqish sertifikatlarini berish, biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish va maslahat berish, tadbirkorlar manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, ko‘rgazma, forum va B2B shaklidagi uchrashuvlarini tashkil etishdan iborat.
Bugungi kunda palata tarkibiga 292,5 mingdan ortiq aʼzo kirib, ularga tenderlarda ishtirok etish, savdo hujjatlarini rasmiylashtirish va import-eksport operatsiyalarini amalga oshirishda amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

BAAning qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi yetakchi kompaniyasi V Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi



