BAAning qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi yetakchi kompaniyasi V Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi
May 13, 2026. 09:25 • 2 daq
• 172
ABU-DABI, 13-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Umid Shodiyev BAAning qayta tiklanuvchi energiya yo‘nalishida faoliyat yurituvchi yirik davlat kompaniyasi – “Masdar” bosh direktori Muhammad Jamil al-Ramahiy bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muzokaralar davomida O‘zbekiston va “Masdar” o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil mart oyida kompaniyaga tashrifidan so‘ng faollashgani taʼkidlandi.
“Masdar” rahbarining aytishicha, u O‘zbekiston bilan sheriklik rivojini yuqori baholaydi va hamkorlikning bugungi holatidan mamnunligini bildirdi. Shuningdek, u kompaniyaning “Yangi O‘zbekiston”ni barpo etishda ishtirok etishdan manfaatdor ekanini qayd etdi.
Bundan tashqari, hozirgi kunda “Masdar” Osiyoning to‘qqizta mamlakatida umumiy o‘rnatilgan quvvati 3 GVt bo‘lgan loyihalarni amalga oshirayotgani maʼlum qilindi. Kompaniya 2030-yilgacha loyihalar portfelini 6 GVtgacha kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Uchrashuv yakunida “Masdar” kompaniyasi vakillari shu yilning 12–14-may kunlari O‘zbekiston poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan “Energy Week” haftaligida hamda iyun oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishga tayyor ekanini bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Buyuk Britaniyaning yetakchi banki O‘zbekistondagi yirik loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor



