Varshavada O‘zbekiston–Polsha ishbilarmonlik aloqalarini yanada rivojlantirishning istiqbollari ko‘rib chiqildi
May 16, 2026. 18:00 • 2 daq
• 48
VARSHAVA, 16-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasida diplomatlari Polsha Milliy iqtisodiy palatasi prezidenti Anjey Arendarskiy bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muzokaralar chog‘ida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Polsha tomoni O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi muhim va istiqbolli hamkor sifatida ko‘rishini ta’kidlab, o‘zaro tashriflar sezilarli darajada faollashganini, shuningdek, ishbilarmon doiralar vakillari o‘rtasidagi muloqot rivojlanayotganini yuqori baholadi.
Muzokaralar yakunida tomonlar Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining tashrifi doirasida 27-28-may kunlari bo‘lib o‘tadigan biznes-forumga Polsha kompaniyalarini ishtirokini ta’minlashga kelishib oldilar.
Shuningdek, joriy yilda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov rahbarligidagi delegatsiyaning Polshaga tashrifi doirasida yirik biznes-forum o‘tkazish belgilandi.
Polsha tomoni o‘zaro biznes-missiyalarni faollashtirish tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, joriy yil 16-iyun kuni Varshavada bo‘lib o‘tadigan IT konferensiyada milliy kompaniyalar ishtirokini ta’minlashga tayyorligini bildirdi.
Bundan tashqari, “Termiz” xalqaro savdo markaziga polyak kompaniyalarini faol jalb etish, har ikki mamlakat ishbilarmonlarining xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirokini ta’minlash hamda O‘zbekistonda Polshaning yetakchi universitetlari filiallarini ochish masalalari muhokama etildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston fuqarolari uchun viza tartibini yengillashtirishga ko‘maklashish hamda Brest chegara o‘tkazish punktida o‘zbekistonlik yuk tashuvchilar uchun alohida yo‘lak tashkil etish masalalarini ko‘rib chiqdilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Shanxay ishbilarmon doiralari O‘zbekistonning sarmoyaviy salohiyatiga qiziqish bildirmoqda

Pokiston kompaniyasi Qoraqalpog‘istonda chorvachilik majmuasini tashkil etishni rejalashtirmoqda


