O‘zbekiston va Sloveniya o‘rtasida yangi qo‘shma loyihalar muhokama qilindi

Iyul 25, 2026. 09:10 • 59 soniya

94
O‘zbekiston va Sloveniya o‘rtasida yangi qo‘shma loyihalar muhokama qilindi

LYUBLYANA, 25-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Sloveniyaning yetakchi kompaniya va tashkilotlari vakillari bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston–Sloveniya savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va texnologik hamkorligini rivojlantirish istiqbollari, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Farmatsevtika, energetika, transport, raqamli texnologiyalar, mashinasozlik, chiqindilarni qayta ishlash, aviatsiya, taʼlim va konsalting sohalaridagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Sloveniya ishbilarmon doiralari vakillari O‘zbekistonda qo‘shma korxonalar tashkil etish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya kiritishdan manfaatdor ekanini taʼkidladi.

Uchrashuvlar yakunida qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni amaliy jihatdan ishlab chiqishni davom ettirish, Sloveniya kompaniyalari vakillarining O‘zbekistonga tashrifini uyushtirish, tegishli vazirlik va idoralar bilan muzokaralar o‘tkazish, qo‘shma tashabbuslarni ro‘yobga chiqarish uchun mahalliy hamkorlarni topish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish