O‘zbekiston va Qatar yetakchilari kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar

Iyul 24, 2026. 21:14 • 56 soniya

50
O‘zbekiston va Qatar yetakchilari kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar

TOSHKENT, 24-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, suhbat avvalida O‘zbekiston Prezidenti Qatar Amirining Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlikni taʼminlash borasidagi faol saʼy-harakatlarini yuqori baholadi.

O‘zbekiston – Qatar strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarish masalalari muhokama qilindi. Oliy va yuqori darajadagi samarali muloqot va almashinuvlar faollashayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

Telefon suhbati chog‘ida siyosiy muloqot hamda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy loyihalarni jadallashtirish bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni ko‘rishga kelishib olindi.

O‘zbekiston va Qatar yetakchilari oliy darajadagi tadbirlar rejasi yuzasidan ham fikr almashdilar.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish