O‘zbekiston Prezidenti nomiga xorijiy yetakchilardan samimiy qutlovlar kelmoqda

Iyul 24, 2026. 21:48 • 3 daq

13
O‘zbekiston Prezidenti nomiga xorijiy yetakchilardan samimiy qutlovlar kelmoqda

TOSHKENT, 24-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tavallud kuni munosabati bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, moliyaviy institutlar, yetakchi xorijiy kompaniyalar rahbarlari, taniqli jamoat va din arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, xorijiy hamkorlar o‘z maktublarida O‘zbekiston Prezidenti rahbarligida mamlakatning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash, aholining turmush darajasini oshirish hamda davlatning mintaqadagi va xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltirish borasida erishilgan natijalarni yuksak baholagan.

Prezidentimizga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va davlatchilik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilaklari izhor etilgan.

Jumladan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin,

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin,

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev,

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov,

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon,

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov,

Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov,

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev,

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko,

Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev,

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an,

Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi,

Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon,

Yevropa kengashi Raisi Antoniu Koshta,

Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron,

Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella,

Italiya Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Jorja Meloni,

Sloveniya Respublikasi Prezidenti Natasha Pirs Musar,

Albaniya Respublikasi Prezidenti Bayram Begay,

Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvili,

Armaniston Respublikasi Prezidenti Vaagn Xachaturyan,

Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan,

Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy,

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon,

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri o‘rinbosari, Prezident devoni raisi Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon,

Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vazirining o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon,

Iroq Respublikasi Prezidenti Nizor Omidiy,

Myanma Ittifoqi Respublikasi Prezidenti Min Aun Xlayn,

Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko,

Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Respublika Kengashi Raisi Natalya Kochanova,

Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev,

Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Mixail Mishustin,

Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov,

Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov,

Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressi Senati aʼzosi Stiv Deyns,

Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressi Vakillar palatasi aʼzolari Jo Vilson, Trent Kelli, Kerol Miller, Bill Xayzenga va Jeyson Smit,

Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev,

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Bosh kotibi Sergey Lebedev,

Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Nurlan Yermekbayev,

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Feridun Sinirliog‘lu,

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Asad Xon,

BMT Bosh kotibi o‘rinbosari – BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (YUNFPA) ijrochi direktori Diyene Keyta,

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi aʼzo davlatlari Parlamentlararo assambleyasi Kengashi Bosh kotibi Dmitriy Kobiskiy,

Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Hayʼati Raisi Bakitjan Sagintayev,

Taʼlim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti (AYSESKO) Bosh direktori Salim Al-Malik,

Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Jilber Ungbo,

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Prezidenti Odil Reno-Basso,

Yevroosiyo taraqqiyot banki boshqaruvi raisi Nikolay Podguzov,

Xalqaro dzyudo federatsiyasi Prezidenti Marius Vizer,

Moskva va Butun Rus Patriarxi Kirill,

Kavkaz musulmonlari idorasi raisi Ollohshukur Poshozoda.

Qutlovlar kelishda davom etmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish