Polshada “IMIR” brendining Yevropadagi birinchi savdo do‘koni ochildi
Iyul 27, 2026. 10:30 • 59 soniya
• 132
LODZ, 27-iyul. /“Dunyo” AA/. Polshaning Lodz shahrida Namangan viloyatining erkaklar klassik kiyimlari ishlab chiqaruvchi “IMIR” brendiga qarashli Yevropadagi birinchi savdo do‘koni ochildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Ochilish marosimi doirasida polshalik importyorlar, distribyutorlar va chakana savdo tarmoqlari vakillari bilan B2B shaklidagi uchrashuvlar tashkil etildi. Muzokaralar davomida mahsulotlarni Polsha va Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yetkazib berish, savdo geografiyasini kengaytirish va logistika masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida joriy yil yakuniga qadar “IMIR” brendining navbatdagi savdo do‘konini Varshava shahrida ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu loyiha milliy to‘qimachilik mahsulotlarining xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini oshirish va eksport geografiyasini kengaytirishga munosib hissa qo‘shadi.
Yangi do‘kon Markaziy Yevropadagi eng yirik ulgurji kiyim-kechak savdo markazlaridan biri hisoblangan Ptak Fashion City majmuasida faoliyat boshladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi