O‘zbekiston–Shvetsiya o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik kengaytiriladi

Iyun 20, 2026. 14:00 • 2 daq

81

UPPSALA, 20-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Raxmatulla Nurimbetov “Research Institutes of Sweden” (RISE) rahbariyati hamda “Vinnova” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muzokaralar davomida tomonlar qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, raqamli texnologiyalarni joriy etish, suv resurslaridan samarali foydalanish, shuningdek, agrar sohada ilmiy-tadqiqot hamkorligini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Shvetsiya tomoni RISE institutining innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish, prototiplarni ishlab chiqish va yangi texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish sohasidagi imkoniyatlarini taqdim etdi.

Uchrashuv ishtirokchilari O‘zbekiston va Shvetsiya ilmiy muassasalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Yevropa Ittifoqi dasturlari doirasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi sohasi vakillaridan iborat delegatsiyaning Shvetsiyaga tashrifini tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar agrar innovatsiyalar va suv resurslarini boshqarish sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish maqsadida aloqalarni davom ettirishga kelishib oldi.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish