Polshaning yetakchi kompaniyasi O‘zbekistondagi infratuzilmaviy loyihalarga qiziqish bildirmoqda

Iyun 07, 2026. 12:59 • 44 soniya

85
Polshaning yetakchi kompaniyasi O‘zbekistondagi infratuzilmaviy loyihalarga qiziqish bildirmoqda

VARSHAVA, 7-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari Polshaning “Pavimental z o.o.” kompaniyasi bosh direktori Fabritsio Paysio bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qiladi “Dunyo” AA muxbiri.

Suhbat chog‘ida tomonlar transport infratuzilmasini rivojlantirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda yo‘l qurilishi sohasidagi hamkorlik imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdilar.

Kompaniya vakillariga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, sarmoyaviy muhit va xorijiy kompaniyalarning infratuzilmaviy loyihalardagi ishtiroki istiqbollari to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.

Uchrashuv yakunida ishchi aloqalarni davom ettirish va hamkorlikning ehtimoliy yo‘nalishlarini o‘rganishga kelishib olindi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish