Logo

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yilning dastlabki ikki oyida 11,6 milliard dollardan oshdi

Aprel 01, 2026. 10:03 • 2 daq

150
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yilning dastlabki ikki oyida 11,6 milliard dollardan oshdi

TOSHKENT, 1-aprel. /“Dunyo” AA/. 2026-yilning yanvar–fevral oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 11,6 milliard dollarni tashkil etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,1 foizga yoki 767,4 million dollarga oshgan. Tashqi savdo tarkibida eksport hajmi 3,5 milliard dollarni, import esa 8,1 milliard dollarni tashkil etdi.

Joriy yilning dastlabki ikki oyi davomida O‘zbekiston dunyoning 160 dan ortiq mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi. Bu mamlakatimiz tashqi iqtisodiy faoliyati geografiyasi tobora kengayib borayotganidan dalolat beradi.

Tashqi savdo aylanmasidagi eng yuqori ulushga ega bo‘lgan asosiy hamkor davlatlar:

- Xitoy — 27,5 %;                                                   

- Rossiya — 18,3 %;

- Qozog‘iston — 7,2 %;

- Turkiya — 3,6 %;

- Koreya Respublikasi — 2,7 %.

Tashqi savdo aylanmasining jadal o‘sishi va hamkorlik geografiyasining kengayishi O‘zbekistonning jahon iqtisodiyotiga izchil integratsiyalashayotgani hamda xalqaro savdoning faol ishtirokchisi sifatida o‘z pozitsiyalarini mustahkamlayotganini ko‘rsatmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish