Logo

O‘zbekiston va Xitoy mebelsozlari texnologiyalar transferi va qo‘shma investitsiya loyihalarini ishlab chiqishga kelishib oldilar

Mart 30, 2026. 08:55 • 55 soniya

146
O‘zbekiston va Xitoy mebelsozlari texnologiyalar transferi va qo‘shma investitsiya loyihalarini ishlab chiqishga kelishib oldilar

FOSHAN, 30-mart. /“Dunyo” AA/. Yurtimizning Guanchjoudagi bosh konsulxonasi ko‘magida O‘zbekiston mebel va yog‘ochsozlik sanoati korxonalari uyushmasi hamda yurtimizning o‘ndan ortiq shirkatlari vakillaridan iborat guruh Xitoyning Foshan shahriga xizmat safari uyushtirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif davomida “Foshan Home Building Materials Industry” birlashmasi bilan sohadagi hamkorlik imkoniyatlari va istiqbollariga bag‘ishlangan turli muloqotlar hamda B2B formatida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, delegatsiya vakillari “ZCY Group” va “Guangdong Sanci Smart Home Technology” korxonalariga tashrif buyurib, bu yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hamda ishchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Uchrashuvlar yakunida tomonlar o‘zaro aloqalarni rivojlantirish, texnologiyalar almashinuvi va O‘zbekistonda hamkorlikda sarmoyaviy loyihalarni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish