Bugun dunyoda: Xorijiy OAV sharhi qisqa satrlarda
Fevral 04, 2026. 12:20 • 2 daq
• 135
Turkiya Prezidenti Ar-Riyodga tashrif buyurdi
“Anadolu”ning xabariga koʻra, 3-fevral kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahriga borgan.
Manba: Anadolu
***
Muammar Qazzofiyning 53 yoshli oʻgʻli oʻldirildi
Liviyaning sobiq rahbari Muammar Qazzofiyning oʻgʻillaridan biri Sayf al-Islom Qazzofiy oʻldirilgan. 53 yoshda boʻlgan Sayf al-Islom Qazzofiy oʻz uyida nomaʼlum shaxslar tomonidan otib ketilgan.
Manba: Reuters
***
AQSHning maxsus vakili Oʻzbekistonga keladi
AQSH Davlat departamenti xabar berishicha, AQSHning Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus elchisi Serjio Gor bir yildan kamroq vaqti ichida Oʻzbekistonga ikkinchi marta tashrif buyuradi.
Manba: AQSH Davlat departamenti
***
Oq uyda Kolumbiya va AQSH prezidentlari koʻrishdi
Kolumbiya prezidenti Petro Oq uyda Tramp bilan koʻrishgan. Gustavo Petro bilan muzokaralar Vashington va Bogota oʻrtasida bir necha oy davom etgan keskinlikdan keyin muvaffaqiyatli oʻtgani taʼkidlangan.
Manba: Reuters
***
Yaponiyada qishki boʻron qurbonlari soni 35 kishiga yetdi
Yaponiyada qariyb ikki haftadan beri davom etayotgan qor boʻronlari oqibatida 35 kishi halok boʻldi. Joriy yilning 20-yanvaridan beri butun mamlakat boʻylab muntazam ravishda qor yogʻishi 100 dan ortiq odamlarning jiddiy jarohat olishiga sabab boʻlgan.
Manba: Associated Press
***
Epshteyn ishiga oid minglab hujjatlar veb saytdan olib tashlangan
“BBC”ning xabariga koʻra, AQSH Adliya vazirligi jinsiy zoʻravonlik jinoyatlarini sodir etgan Jeffri Epshteyn ishiga oid minglab hujjatlarni oʻz veb saytidan olib tashlagan. Bunga jabrlanuvchilarning shaxsiy maʼlumotlari ochiqlangani sabab boʻlgan.
Manba: BBC
***
Yevropa sudi Navalniyning qamoqqa olinishi noqonuniy deb topdi
“Deutsche Well” nashrida yozilishicha, Inson huquqlari boʻyicha Yevropa sudi Rossiyani Aleksey Navalniyni “noqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum etgani” va unga nisbatan “insoniylikka zid munosabat” qoʻllagani uchun aybdor deb topdi.
Manba: Deutsche Well
***
YEI elektron yevroni joriy qilmoqchi
“Euronews”ning maʼlumot berishicha, Yevropa Ittifoqi oʻzining pul-kredit barqarorligini mustahkamlash uchun Yevropa Markaziy Bankiga bogʻlangan raqamli yevroni joriy qilmoqchi.
Manba: Euronews
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
