Pekindagi xalqaro festivalda O‘zbekiston madaniyati va turizmi namoyish etildi

May 17, 2026. 14:30 • 3 daq

72
Pekindagi xalqaro festivalda O‘zbekiston madaniyati va turizmi namoyish etildi
Pekindagi xalqaro festivalda O‘zbekiston madaniyati va turizmi namoyish etildi
Pekindagi xalqaro festivalda O‘zbekiston madaniyati va turizmi namoyish etildi
Pekindagi xalqaro festivalda O‘zbekiston madaniyati va turizmi namoyish etildi
Pekindagi xalqaro festivalda O‘zbekiston madaniyati va turizmi namoyish etildi
Pekindagi xalqaro festivalda O‘zbekiston madaniyati va turizmi namoyish etildi

PEKIN, 17-may. /“Dunyo” AA/. Xitoyning Xalqaro biznes va iqtisodiyot universiteti (UIBE)da 22-xalqaro yoshlar madaniyati festivali bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan forumda UIBEda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar faol ishtirok etib, O‘zbekistonning milliy madaniyati, anʼanalari va turizm salohiyatini namoyish qildi.

Yuzdan ortiq mamlakat vakillarini birlashtirgan ushbu tadbir doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoni taqdim etildi. O‘zbek talabalari tomonidan tayyorlangan ekspozitsiya mamlakatning yorqin va o‘ziga xos madaniyati hamda turizm imkoniyatlarini namoyish qildi. Pavilyon universitet professor-o‘qituvchilari, ko‘plab xorijiy diplomatlar, jamoat tashkilotlari va turli mamlakatlardan kelgan talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Pavilyonda O‘zbekistonning milliy kiyimlari va taomlari, hunarmandchilik mahsulotlari, mamlakatning qadimiy shaharlarini aks ettiruvchi kitoblar, jurnallar, bukletlar va fotomateriallar taqdim etildi.

Mehmonlarga o‘zbek milliy taomlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida palov, somsa va non tortiq etildi. Bu ishtirokchilarga O‘zbekistonning mashhur mehmondo‘stlik anʼanalarini his etish imkonini berdi.

Ushbu tadbirda ishtirok etish o‘zbek yoshlarining xalqaro maydonda madaniy aloqalarni mustahkamlashga qo‘shgan faol hissasini yana bir bor namoyon etdi. Talabalarning mahorat va faolligi O‘zbekistonning o‘zaro tushunish va madaniyatlararo almashinuv qadriyatlariga sodiqligini ko‘rsatdi.

Xitoyning Xalqaro biznes va iqtisodiyot universiteti talabasi Lobar Abdumajidova “Dunyo” AAga bergan intervyusida shunday dedi:

– Men universitetimizda tashkil etilgan xalqaro yoshlar madaniyati festivalida ishtirok etayotganimdan juda mamnunman. Elchixona ko‘magida biz talabalar O‘zbekiston pavilyonini tashkil etib, milliy kiyimlar, taomlar, hunarmandchilik va to‘qimachilik mahsulotlarini keng targ‘ib qilish maqsadida namoyish etdik. Biz quragan pavilyon barcha ishtirokchilarning eʼtiborini tortdi va O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishning ortishiga xizmat qildi.

Xitoyning Xalqaro biznes va iqtisodiyot universiteti talabasi Ozoda Abdumajidova:

– Biz Pekindagi xalqaro festivalda O‘zbekistonning boy madaniyati va turizm imkoniyatlarini taqdim etishdan mamnunmiz. Bizning pavilyonimiz, har doimgidek, boshqalar orasida ajralib turdi. Ishtirokchilar va do‘stlarimiz mamlakatimizga qiziqish bildirdi va O‘zbekistonga sayohat qilish istagini bildirdi. Mamlakatimizda davlat yoshlarga katta eʼtibor qaratadi va biz buni Xitoyda tahsil olayotganimizda his etamiz. Shuningdek, Xitoydagi elchixonamizga bunday tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda doimiy qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Men Xitoyda olgan bilimlarimdan foydalanib, mamlakat rivojiga hissa qo‘shishga va kelgusida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi biznes aloqalarni yana-da mustahkamlashga tayyorman.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish