Moskvada Abdulla Oripov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan she’riyat kechasi o‘tkazildi
Iyun 04, 2026. 11:25 • 2 daq
• 107MOSKVA, 4-iyun /“Dunyo” AA/. Moskvadagi Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasida xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan she’riyat kechasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mazkur tadbir O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi hamda Moskva davlat tilshunoslik universiteti hamkorligida tashkil etildi.
Kechada ilmiy va ijodiy jamoalar vakillari, vatandosh talabalar, shoirlar hamda o‘zbek adabiyoti va madaniyati ixlosmandlari ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekiston xoreografiya va milliy raqs akademiyasi professori, filologiya fanlari doktori Xulkar Hamrayeva, “O‘zbek she’riyati antologiyasi” ijodiy jamoasi rahbari Galina Gribovskaya, shoir va tarjimon Mixail Sinelnikov, taniqli oltoy shoiri Bilet Bedyurov hamda Sharq va Yevroosiyo tadqiqotlari instituti magistranti Arina Svetkova Abdulla Oripov ijodi haqida so‘z yuritdi.
Shu bilan birga, Moskva davlat tilshunoslik universiteti talabalarining shoir ijodiga bag‘ishlab tayyorlagan ijodiy chiqishlari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Uchrashuvning yorqin lahzalaridan biri xoreograf Elvira Gayidbayeva boshchiligidagi “Nilufar” o‘zbek raqs guruhining konsert dasturi bo‘ldi.
Tadbirda MDH mamlakatlari tillari va madaniyati bo‘yicha asosiy tashkilot direksiyasi direktori Vyacheslav Konev hamda O‘zbek tili va madaniyati markazi direktori, pedagogika fanlari doktori Begam Karayeva ham Abdulla Oripovning ijodiy faoliyati haqida fikr bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

O‘zbekistonlik yosh musiqachilar Germaniyadagi xalqaro festivalda muvaffaqiyatli ishtirok etdi









