Varshava universitetida Turkiy xalqlar madaniyati markazi ochildi

Iyun 05, 2026. 20:25 • 2 daq

33

VARSHAVA, 5-iyun. /“Dunyo” AA/. Varshava universiteti Osiyo va Afrika madaniyatlari fakulteti qoshida Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi ko‘magida tashkil etilgan Turkiy xalqlar madaniyati markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi prezidenti Aktoti Raimqulova, turkiy davlatlarning Polshadagi diplomatik vakolatxonalari vakillari, Varshava universiteti rahbariyati, Fan va oliy ta’lim vazirligi mutasaddilari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

Marosimda so‘zga chiqqan elchixona diplomatlari ushbu markazning ochilishi Polshada turkiy xalqlarning tarixi, tili, adabiyoti, san’ati va an’analarini keng targ‘ib qilishda muhim voqea ekanini ta’kidladi. Mazkur muassasa nafaqat universitetda tahsil oladigan mutaxassislar uchun bilim maskani, balki Sharq va G‘arb o‘rtasidagi madaniy muloqotni faollashtiruvchi intellektual ko‘prik ekani ham qayd etildi.

Anjumanda davlatimiz rahbari tomonidan turkiy xalqlarning tarixiy-madaniy merosini o‘rganish va keng targ‘ib etish, shuningdek, ushbu davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. 

O‘zbekistonning Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan qadimiy sivilizatsiya markazi sifatidagi o‘rni alohida qayd etildi. Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent va Shahrisabz shaharlari asrlar davomida ilm-fan, ma’rifat, savdo-sotiq, hunarmandchilik va ma’naviy hayot markazlari bo‘lib kelgani ta’kidlandi.

Diplomatik vakolatxona tomonidan kelgusida Markaz faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yurtimizning tarixiy va ma’naviy merosini aks ettiruvchi nashrlar, o‘quv materiallari hamda eksponatlar taqdim etilishi ma’lum qilindi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish