Yaponiyaning Xigashikava shahrida “O‘zbekiston milliy kuni” bo‘lib o‘tdi

Iyul 26, 2026. 12:00 • 2 daq

138

XIGASHIKAVA, 26-iyul. /“Dunyo” AA/. Yaponiyaning Xokkaydo prefekturasi Xigashikava shahrida “O‘zbekiston milliy kuni” madaniy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur tadbir O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi va Xigashikava shahar meriyasi hamkorligida tashkil etildi.

Unda shahar rahbariyati, deputatlar, ta’lim muassasalari va jamoatchilik vakillari qatnashdi. Tadbir davomida O‘zbekiston–Yaponiya munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari, shuningdek, ta’lim, turizm va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga oid taqdimotlar namoyish etildi.

Shuningdek, milliy taomlar, hunarmandchilik buyumlari va an’anaviy liboslar ko‘rgazmasi tashkil qilindi.

Tadbir yakunida Xigashikava shahri meri Shin Kikuchi talabalar almashinuvi dasturining 10 yilligi munosabati bilan ishtirokchilarni tabriklab, O‘zbekiston bilan ta’lim va madaniy sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyorligini bildirdi.

Bundan tashqari Xigashikava va Kembuchi shaharlari rahbariyati, shuningdek, mahalliy ta’lim va madaniy muassasalar vakillari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazildi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston hududlari bilan “birodar shaharlar” aloqalarini yo‘lga qo‘yish, joriy yil oktyabr oyida Xigashikava delegatsiyasining O‘zbekistonga ilk tashrifini tashkil etish hamda 2027 yilda ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 35 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston milliy fotoko‘rgazmasi”ni o‘tkazish bo‘yicha kelishib olindi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish