O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Yaqin Sharq davlatlaridan bosqichma-bosqich vatanga qaytishi ta’minlanmoqda
Mart 04, 2026. 20:33 • 55 soniya
• 95
Yaqin Sharqdagi harbiy vaziyatning keskinlashuvi mintaqada havo hududlarining qisman yopilishiga olib keldi. Oqibatda, 28-fevraldan boshlab Dubay, Sharja, Doha, Madina, Jidda, Tehron, Quvayt va Tel-Aviv kabi shaharlarga parvozlar to‘liq to‘xtatildi.
Yuzaga kelgan ushbu holat 1 681 nafar yurtdoshimizga bevosita ta'sir ko'rsatdi – aynan shuncha O'zbekiston fuqarosi 2-martga qadar o'z yo'nalishlari bo'yicha ucha olmadi.
O‘zbekistonliklarni zudlik bilan va xavfsiz tarzda vatanga qaytarish maqsadida, Prezident Shavkat Mirziyoyevning to‘g‘ridan-to‘g‘ri topshirig‘iga binoan Fors ko'rfazi davlatlaridan keng ko‘lamli evakuatsiya dasturi ishga tushirildi. Barcha harakatlar Transport vazirligi hamda aviatashuvchilar tomonidan qat'iy muvofiqlashtirilmoqda, «O‘zaviatsiya» agentligida esa uzluksiz ishlovchi tezkor shtab o‘z faoliyatini boshlagan.
Shtab ishining dastlabki natijalari:
Jidda va Madinadan 4 948 kishini O‘zbekistonga muvaffaqiyatli olib kelgan 21 ta maxsus reys tashkil etildi.
Yana 235 nafar fuqaro Dubaydan eson-omon yurtimizga qaytarildi.
Tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida barcha yo‘lovchilardan parvoz vaqti va holati haqidagi eng so‘nggi ma’lumotlarni o'zlari chipta xarid qilgan aviakompaniyalar vakillaridan bilib borishlari so‘raladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi