Logo

“Asdaa Oman”: O‘zbekiston dunyodagi eng xavfsiz davlatlardan biri sifatida tan olindi

Yanvar 06, 2026. 16:05 • 1 daq

252
“Asdaa Oman”: O‘zbekiston dunyodagi eng xavfsiz davlatlardan biri sifatida tan olindi

MASKAT, 7-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘mon Sultonligining “Asdaa Oman” gazetasida “O‘zbekiston dunyodagi eng xavfsiz davlatlar qatorida” sarlavhali maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Nashrda yozilishicha, xalqaro reytinglardagi ijobiy natijalar O‘zbekistonda inson huquqlari, jamoat xavfsizligi va jinoyatchilikning oldini olish sohalarida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar samarasi o‘laroq ko‘rsatilgan. 2025-yil yakunlariga ko‘ra, mamlakat qator nufuzli xalqaro indekslarda o‘z mavqeini yaxshilab, ayrimlarida tarixiy yuqori natijalarga erishgan.

“O‘zbekiston 2025-yilda Vashington shahrida joylashgan Jahon adolat loyihasi tomonidan tayyorlangan “Qonun ustuvorligi indeksi”da 81-o‘rinni egallab, jahonda pasayish kuzatilgan sharoitda ham natijalarini oshirgan. Ayblanuvchilar huquqlari, jinoyatchilikni kamaytirish samaradorligi, sud tizimi xolisligi va jinoyatsizlik bo‘yicha reytinglar yaxshilangan”, - deya fikr bildirilgan maqolada

Iqtisod va tinchlik institutining “Qabul qilingan xavfsizlik indeksi”da O‘zbekiston birinchi o‘rinni egallab, dunyodagi eng xavfsiz davlatlardan biri sifatida tan olindi. Shuningdek, mamlakat “Global innovatsiyalar indeksi”da ilk bor eng yaxshi 80 davlat qatoriga kirdi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Butunjahon baxt indeksi, yo‘l harakati xavfsizligi, ayollar, biznes va qonun hamda kiberxavfsizlik sohalarida ham yuqori natijalar qayd etdi. Ushbu ko‘rsatkichlar sud-huquq tizimini isloh qilish, qonun ustuvorligini taʼminlash va xalqaro ishonchni mustahkamlashda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini tasdiqlaydi.

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish