Logo

“Cawa Media”: O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy modeli izchil rivojlanmoqda

Mart 15, 2026. 12:00 • 2 daq

129
“Cawa Media”: O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy modeli izchil rivojlanmoqda

STOKGOLM, 15-mart. /“Dunyo” AA/. Shvetsiyaning nufuzli “Cawa Media” media-agentligi “O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi modeli evolyutsiyasi: huquqiy islohotlardan tizimli transformatsiya sari” nomli maqola chop etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“So‘nggi bir necha yil ichida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash O‘zbekistonda davlat siyosati va keng ko‘lamli islohotlar dasturining markaziy ustunlaridan biriga aylangan”, – deyiladi unda.

Nashrning qayd etishicha, O‘zbekistonda qonunchilikni modernizatsiya qilish sifatida boshlangan jarayonlar bugungi kunda davlat institutlari, boshqaruv usullari va davlat boshqaruvi tizimining keng qamrovli transformatsiyasiga aylangan.

Maqolada O‘zbekistonning mazkur sohadagi asosiy yutuqlari eʼtirof etiladi. Xususan,

- 2017-yilda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi islohotlarning boshlang‘ich nuqtasi ekanligi va o‘tgan davr mobaynida mamlakatning qonunchilik bazasini sezilarli darajada mustahkamlagan 30 dan ortiq meʼyoriy-huquqiy hujjatlar hayotga tatbiq etilganligi;

- Davlat darajasida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish qoidalari shuningdek, poraxo‘rlik uchun jinoiy javobgarlik sezilarli darajada kuchaytirilganligi;

- O‘zbekiston Respublikasining yangilangan Konstitutsiyasida korrupsiyaga qarshi kurashish majburiyatlarining mustahkamlanishi eng muhim qadam sifatida qayd etilganligi va boshqalar.

“Cawa Media”ning xulosa qilishicha, korrupsiyaga qarshi kurash tamoyillarining konstitutsiyaviy mustahkamlanishi xalqaro hamjamiyatga “O‘zbekistonda halollik endi faqat texnik masala emas - bu mutlaq davlat ustuvorligidir” degan muhim siyosiy messejni yo‘llaydi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish