Logo

O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbarining Misrga tashrifi etakchi OAVda keng yoritildi

Dekabr 12, 2025. 14:13 • 2 daq

291
O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbarining Misrga tashrifi etakchi OAVda keng yoritildi

QOHIRA, 13-dekabr. /“Dunyo” AA/. O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoevaning Misr tashrifi ushbu davlat OAVda keng yoritildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xususan, Misrning “MENA”, “El Balad”, “Shorouk News” “Al-Azhar”, “SIS”, “Dar Al-Hilal”, “El Masryia” va “El-Aosboa” nashrlari Saida Mirziyoevaning Al-Azhar bosh imomi, doktor Ahmad at-Tayyib bilan uchrashuvi haqida yozdi. Muloqot jarayonida ma'naviy va akademik sohalarda hamkorlikni rivojlantirish, qo'shma dasturlar va qo'lyozmalarni tadqiq qilish hamda islom merosini asrab-avaylash masalalariga alohida e'tibor qaratilgani qayd etilgan.

Bundan tashqari, “Youm7”, “Ahram Gate” i “Akhbar El-Yom”, nashrlarida 2026-yilgi Zoyid nomidagi insoniyat birodarligi mukofotining hakamlar hay'ati a'zolari e'lon qilingani hamda hakamlar hay'ati tarkibiga Saida Mirziyoeva ham kiritilgani xususida ma'lumotlar berilgan.

SHuningdek, nashrlarda O'zbekiston delegatsiyasining Qohiradagi madaniy va ma'rifiy tadbirlardagi faol ishtiroki, Al-Azhar masjidi va yirik tarixiy muzeylarga tashrifi ham keng yoritilgan.

YUrtimiz delegatsiyasi vakillari Al-Azhar bilan ta'lim, ilm-fan, talabalar va ulamolar almashinuvi, qo'shma ilmiy dasturlar hamda qo'lyozma manbalarni o'rganish yo'nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish