Misr matbuoti: O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda

Avgust 23, 2026. 14:30 • 2 daq

88
Misr matbuoti: O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda
Misr matbuoti: O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda
Misr matbuoti: O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda

QOHIRA, 23-avgust. /“Dunyo” AA/. Misrning nufuzli ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi hamda “Mustaqillik avlodlari”ning mamlakatdagi keng ko‘lamli o‘zgarishlardagi ishtirokiga bag‘ishlangan maqolalar eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Nashrlarda taʼkidlanishicha, bugungi kunda mamlakat aholisining 60 foizdan ortig‘ini 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar tashkil etadi. Shundan 35 yoshga to‘lganlar mustaqil O‘zbekistonning bevosita tengdoshlari hisoblanadi. Ularning dunyoqarashi keng ko‘lamli islohotlar davrida shakllangan bo‘lib, bu yosh avlodga mamlakat kelajagini belgilashda faol ishtirok etish imkonini beradi.

Maqolalarda mamlakatning jadal ravishda amalga oshirilayotgan yutuqlariga alohida eʼtibor qaratilgan. Islohotlarni hayotga tatbiq etishda tarixiy Buyuk ipak yo‘li alohida ahamiyat kasb etmoqda. Karvonlar o‘rniga optik tolali tarmoqlar, IT-xablar rivojlanmoqda.

“IT Park Uzbekistan” ekotizimining yaratilishi tufayli yosh tadbirkorlar raqamli xizmatlarni muvaffaqiyatli eksport qilib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Toshkentdan xalqaro loyihalarni ishga tushirishmoqda.

Materiallarda ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotdagi tub o‘zgarishlarga alohida eʼtibor qaratilgan. 90 dan ortiq davlat fuqarolari uchun vizasiz rejimning joriy etilishi, Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilikning mustahkamlanishi, Samarqandda YUNESKO Yoshlar forumi kabi keng ko‘lamli tadbirlarning o‘tkazilishi mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini yana-da oshirmoqda.

Xulosa o‘rnida qayd etilishicha, so‘nggi o‘n yil ichida O‘zbekiston Prezidenti rahbarligida inson huquqlarini himoya qilish, inson kapitalini rivojlantirish va iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Yangi O‘zbekiston o‘zini global barqarorlikka salmoqli hissa qo‘shayotgan dinamik, ochiq va kelajakka intiluvchi davlat sifatida ishonch bilan namoyon etmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish