“Echo Świdwina” gazetasi: O‘zbekiston – tarixiy meros va zamonaviy islohotlar uyg‘unligida taraqqiy etmoqda
Iyun 01, 2026. 10:25 • 2 daq
• 127
VARSHAVA, 1-iyun. /“Dunyo” AA/. Polshaning siyosiy doiralari va diplomatik korpusi orasida ommabop bo‘lgan “Echo Świdwina” gazetasida “O‘zbekiston – sivilizatsiyalar chorrahasi va kelajak mamlakati” sarlavhali maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Nashrda taʼkidlanishicha, Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan O‘zbekiston asrlar davomida jahon tarixida strategik ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Afsonaviy Buyuk Ipak yo‘lining muhim bo‘g‘ini sifatida u Sharq va G‘arb o‘rtasidagi ko‘prikka aylanib, sivilizatsiyalarning iqtisodiyoti, madaniyati va g‘oyalarini o‘zaro bog‘lagan. Bu meros kelajakka ishonch bilan boqayotgan, shiddat bilan rivojlanayotgan va intiluvchan davlat – zamonaviy O‘zbekistonning o‘ziga xos madaniy, lingvistik va iqtisodiy umumiyligini shakllantirgan.
Maqola mualliflari O‘zbekistonning demografik, taʼlim va tarixiy-ilmiy salohiyatini ochib berar ekan, uning ulkan tabiiy resurslari, keng hududi va jadal o‘sib borayotgan aholisiga alohida urg‘u beradi. Mamlakat aholisining yosh tarkibi kelajakdagi taraqqiyot uchun muhim strategik zaxira sifatida eʼtirof etiladi.
Shuningdek, davlatning taʼlim sohasiga ustuvor ahamiyat qaratayotgani, jumladan, keng ko‘lamli sarmoyalar kiritayotgani, maktab taʼlimi qamrovini kengaytirayotgani, zamonaviy STEM yo‘nalishlarini rivojlantirayotgani hamda oliy o‘quv yurtlarida taʼlimni davom ettirish imkoniyatlari yaratilayotgani qayd etilgan.
“O‘zbek madaniyatida bilim, ilm-fan, sanʼat va adabiyot hamisha yuksak qadrlangan. Buyuk olimlar merosi milliy o‘zlikni anglashning poydevori va kelajak avlodlar uchun ilhom manbai bo‘lib qolmoqda”, – deya taʼkidlangan nashrda.
Maqola xulosasida, izchil islohotlar, iqtisodiyotning modernizatsiya qilinishi va sarmoyaviy muhitning faol rivojlantirilishi O‘zbekistonni xalqaro biznes uchun tobora jozibador hamkorga aylantirayotgani qayd etilgan. Yangi moliyaviy va huquqiy institutlarning tashkil etilishi hamda investorlar huquqlarini himoya qilish mexanizmlarining mustahkamlanishi xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Rossiya OAV: O‘zbekiston bilan munosabatlar oliy darajadagi ishonchga asoslangan



