O‘zbek gilami va xalq amaliy sanʼati namunalari Ashxobodda o‘tgan xalqaro ko‘rgazmada eʼtirof etildi

Iyun 01, 2026. 11:25 • 2 daq

27
O‘zbek gilami va xalq amaliy sanʼati namunalari Ashxobodda o‘tgan xalqaro ko‘rgazmada eʼtirof etildi
O‘zbek gilami va xalq amaliy sanʼati namunalari Ashxobodda o‘tgan xalqaro ko‘rgazmada eʼtirof etildi

ASHXOBOD, 1-iyun. /“Dunyo” AA/. Turkmaniston poytaxtida gilam mahsulotlari ko‘rgazmasi va Butunjahon turkman gilamchilari uyushmasining XXVI yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirning ochilish marosimida Turkmaniston Mejlisi raisi Dunyagozel Gulmanova, vazirlik va idoralar rahbarlari, xorijiy delegatsiyalar aʼzolari, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning diplomatik vakolatxonalari rahbarlari, mamlakat to‘qimachilik sanoati korxona va tashkilotlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Anjuman doirasida Respublika turkman milliy madaniy markazi rahbari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Guldona Avezdurdiyeva boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi tomonidan o‘zbek gilami va xalq amaliy sanʼati namunalari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Mamlakatimiz stendiga tashrif buyurgan turkman rasmiy va jamoatchilik vakillari hamda xorijiy mehmonlar O‘zbekistonning boy madaniyati va sanʼatini, jadallik bilan rivojlanib borayotgan sayyohlik salohiyati alohida eʼtirof etishdi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish