“Pakistan In The World” gazetasi: O‘zbekiston–AQSh transport-logistika hamkorligi yangi bosqichga chiqmoqda

Avgust 12, 2026. 11:00 • 2 daq

73
“Pakistan In The World” gazetasi: O‘zbekiston–AQSh transport-logistika hamkorligi yangi bosqichga chiqmoqda

ISLOMOBOD, 12-avgust. /“Dunyo” AA/. Pokistonning “Pakistan In The World” gazetasida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi transport-logistika bo‘yicha hamkorlikka bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Nashrda yozilishicha, O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi yillarda yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Bugungi hamkorlik transport-logistika, aviatsiya, infratuzilma, raqamli texnologiyalar, moliyaviy xizmatlar, sanoat kooperatsiyasi va xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish kabi strategik yo‘nalishlarni qamrab olmoqda.

2025-yilda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi yuk tashuvlarida jami 60,4 ming tonna yuk tashilgan.

2026-yilning dastlabki 6 oyida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida 31,2 ming tonna yuk tashilgan. Shundan 30,7 ming tonnasi AQShdan O‘zbekistonga import hissasiga to‘g‘ri keladi.

Maqolada qayd etilishicha, Toshkentda yangi xalqaro aeroport qurilishi, data-markazlar va quruqlik portlari barpo etish kabi infratuzilmaviy tashabbuslar O‘zbekiston–AQSh hamkorligining transport-logistikasida alohida o‘rin tutadi.

Yangi xalqaro aeroport mamlakatning havo transporti imkoniyatlarini kengaytirish, avia-yuk, pochta jo‘natmalari, tezkor yetkazib berish, elektron tijorat, farmatsevtika mahsulotlari va xalqaro tranzit xizmatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Bugungi kunda Toshkent–Nyu-York–Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlar amalga oshirilmoqda. Ushbu yo‘nalish ikki davlat o‘rtasidagi biznes aloqalari, turizm va savdoni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.

Shu bilan birga, mazkur yo‘nalish yuqori qiymatli va tez yetkazilishi zarur bo‘lgan yuklar uchun ham muhim logistika kanali hisoblanadi.

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi aviatsiya sohasidagi yirik loyihalardan biri “Uzbekistan Airways” va “Boeing” kompaniyasi o‘rtasidagi kelishuvdir. 2025-yil sentabr oyida milliy aviakompaniya 14 ta “Boeing 787-9 Dreamliner” samolyotini xarid qilish va yana 8 ta samolyotni keyinchalik xarid qilish imkoniyatini nazarda tutuvchi kelishuv imzoladi. Shuningdek, C5+1 sammiti doirasida qo‘shimcha 8 ta samolyot bo‘yicha kelishuv qatʼiy buyurtmaga aylantirildi hamda “Uzbekistan Airways”ning Boeing 787-9 bo‘yicha buyurtmalari 22 taga yetdi.

“C5+1 formati doirasidagi sheriklik O‘zbekiston–AQSh transport-logistika munosabatlarida muhim ahamiyatga ega. Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh o‘rtasida savdo, investitsiya, raqamli iqtisodiyot, taʼminot zanjirlari va transport bog‘liqligini kuchaytirish bo‘yicha muloqotlar mintaqaning global bozorlar bilan integratsiyalashuvini tezlashtiradi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish