“24.kg”: O‘zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari milliy ma’lumotlar markazlarining o‘zaro bog‘langan tarmog‘ini yaratishni taklif qildi

Oktabr 09, 2026. 19:30 • 2 daq

• 188

“24.kg”: O‘zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari milliy ma’lumotlar markazlarining o‘zaro bog‘langan tarmog‘ini yaratishni taklif qildi

BISHKЕK, 9-oktabr. /“Dunyo” AA/. Qirg‘izistonning nufuzli “24.kg” axborot agentligida O‘zbekiston Prezidentining Turkmanistonda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida ilgari surgan tashabbuslari haqida maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada davlatimiz rahbarining Markaziy Osiyo mamlakatlari imkoniyatlarini birlashtirish, umumiy hisoblash infratuzilmasi hamda milliy ma’lumotlar markazlarining o‘zaro bog‘langan tarmog‘ini yaratish takliflari haqida ma’lumot berilgan.

Shu bilan birga, O‘zbekiston yetakchisining kadrlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dasturlarni ishga tushirish, ilmiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va texnologik tadbirkorlik uchun ko‘proq imkoniyatlar yaratish borasidagi fikrlari xususida to‘xtalib o‘tilgan.

Nashrda yozilishicha, ma’lumotlar markazlari quvvatini birlashtirish hisoblash resurslaridan yanada samarali foydalanish imkonini beradi. Shuningdek, sun’iy intellekt sohasidagi yirik loyihalar uchun muhim asos yaratadi.

O‘zbekiston Prezidenti raqamli loyihalar yirik infratuzilma obyektlariga qaraganda tezroq natija berishi mumkinligi, shu bois mintaqa davlatlari bu boradagi imkoniyatlarini birlashtirishi zarurligi yuzasidan o‘z takliflarini bildirgan.

Kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dasturlarni ishga tushirish, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, texnologik tadbirkorlik imkoniyatlarini kengaytirish, mintaqa mamlakatlari va Ozarbayjon o‘rtasida qo‘shma sanoat va texnologik zanjirlarni rivojlantirish borasidagi takliflar maqolada yoritilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish