“Orient” AA: Toshkent forumi Markaziy Osiyo bozori uchun o‘ziga xos darvoza vazifasini o‘taydi
Iyun 02, 2026. 15:55 • 2 daq
• 115
ASHXOBOD, 2-iyun. /“Dunyo” AA/. Turkmanistonning yetakchi “Orient” axborot agentligida “TIIF-2026: Markaziy Osiyoning yangi investitsiya arxitekturasini shakllantiradi” sarlavhali tahliliy maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Nashrda qayd etilishicha, an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan Toshkent xalqaro investitsiya forumi bugungi kunda nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasining iqtisodiy qiyofasini o‘zgartirishga xizmat qilayotgan muhim global muloqot maydoniga aylangan.
Turkmaniston axborot agentligi maqolada O‘zbekistonda iqtisodiyotni liberallashtirish, xorijiy investorlar huquqlarini himoya qilishning huquqiy kafolatlarini mustahkamlash hamda qulay preferensiyalar tizimini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarga alohida e’tibor qaratgan.
Ta’kidlanganidek, Toshkent forumi xorijning yetakchi moliyaviy institutlari, transmilliy korporatsiyalari va investorlari uchun Markaziy Osiyo bozoriga kirish, shuningdek, uzoq muddatli strategik loyihalarni amalga oshirishda o‘ziga xos “darvoza” vazifasini bajarmoqda.
Maqola xulosasida ma’lum qilinishicha, TIIF-2026 doirasida erishiladigan kelishuvlar va ilgari suriladigan tashabbuslar mintaqada transport-logistika zanjirlarini rivojlantirish, “yashil” energetika, raqamli transformatsiya hamda yuqori texnologiyali ishlab chiqarish tarmoqlarini kengaytirish orqali Markaziy Osiyoning zamonaviy va raqobatbardosh investitsiya arxitekturasini shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Janubiy Koreya ommaviy axborot vositalari Termiz o‘zaro bog‘liqlik muloqotining ikkinchi yig‘ilishiga tayyorgarlikning borishini keng yoritmoqda



