O‘zbekiston va Portugaliya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi
Iyun 02, 2026. 18:37 • 46 soniya
• 59
PARIJ, 2-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Parijdagi elchisi Nodir Ganiyev va Portugaliya Tadbirkorlar konfederatsiyasi prezidenti Armindu Monteyru o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Unda O‘zbekiston va Portugaliya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, axborot texnologiyalari, logistika va turizm sohalarida hamkorlikni yana-da rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqotda yakunida mamlakatimizning eksport salohiyatini Portugaliya bozorida keng targ‘ib qilish maqsadida Portu shahrida “Made in Uzbekistan” savdo-iqtisodiy tadbirini tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Xitoy investorlari O‘zbekistonda qurilish va to‘qimachilik loyihalarini amalga oshirmoqchi



