Xitoy OAV bo‘lajak Termiz muloqotiga katta qiziqish bildirmoqda
Iyun 02, 2026. 19:41 • 2 daq
• 64
PEKIN, 2-iyun. /“Dunyo” AA/. Xitoyning “Psearcher” jurnalida bo‘lajak Termiz muloqotining ahamiyati hamda O‘zbekistonning Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdagi o‘rni haqida maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Maqolada yozilishicha, O‘zbekiston transport integratsiyasi, iqtisodiy yaqinlashuv va gumanitar aloqalarni kengaytirish g‘oyalarini ilgari surgan holda mintaqaviy hamkorlikni izchil rivojlantirish tashabbuskori sifatida faol harakat qilmoqda.
Ikki mintaqa o‘rtasida barqaror hamkorlikni shakllantirishga qaratilgan Termiz muloqoti bu boradagi muhim platformalardan biri sifatida qayd etilgan.
Nashrda ma’lum qilinishicha, 2025-yilda “Tinchlik, do‘stlik va farovonlikning umumiy makonini barpo etish” shiori ostida o‘tkazilgan birinchi forum ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun mustahkam asos yaratgan.
Termiz shahrining yirik transport-logistika markazi va O‘zbekistonning “janubiy darvozasi” sifatidagi strategik ahamiyatiga, shuningdek, uning mintaqaviy bog‘liqlikni kuchaytirishdagi roliga alohida e’tibor qaratilgan.
Shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlarining Hind okeani portlariga chiqishini ta’minlashga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan istiqbolli transport yo‘lagi sifatida qaralayotgan “Termiz–Mozori-Sharif–Xarlachi” transafg‘on temir yo‘li loyihasining ahamiyati ta’kidlangan.
Mutaxassislarning fikricha, Termiz muloqoti asta-sekin nafaqat iqtisodiy, balki mintaqaviy hamkorlikning institusional platformasiga aylanib, Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlikning yangi arxitekturasini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Nashr xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston muloqot, o‘zaro manfaatdorlik va infratuzilmaviy bog‘liqlikka asoslangan rivojlanish modelini ilgari surmoqda, bu esa uning Yevroosiyo mintaqasidagi integratsiya jarayonlaridagi muhim o‘rnini yana-da mustahkamlamoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Janubiy Koreya ommaviy axborot vositalari Termiz o‘zaro bog‘liqlik muloqotining ikkinchi yig‘ilishiga tayyorgarlikning borishini keng yoritmoqda

“Orient” AA: Toshkent forumi Markaziy Osiyo bozori uchun o‘ziga xos darvoza vazifasini o‘taydi


