“Orient” AA: O‘zbekiston va Hindiston JSTga aʼzolik bo‘yicha muzokaralarni yakunladi

Iyun 01, 2026. 18:25 • 2 daq

85
“Orient” AA: O‘zbekiston va Hindiston JSTga aʼzolik bo‘yicha muzokaralarni yakunladi

ASHXOBOD, 1-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish jarayonida muhim bosqichga qadam qo‘ydi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Turkmanistonning “Orient” axborot agentligi maqolasiga tayanib

Xususan, O‘zbekiston va Hindiston respublikaning JSTga aʼzo bo‘lishi doirasida bozorlarga kirish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash to‘g‘risidagi bayonnomani imzolagan.

O‘zbekiston Prezidentining JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek O‘runovning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar iqtisodiy parametrlarni kelishib olganidan so‘ng hujjatning texnik va yuridik jihatlarini puxta ishlab chiqishni yakunlagan. Endilikda imzolangan bayonnomaning asl nusxalaridan biri mamlakatning tashkilotga aʼzo bo‘lishiga oid hujjatlar to‘plamiga qo‘shish uchun JST Kotibiyatiga yuboriladi.

Nashrning yozishicha, jahon iqtisodiyotining eng yirik ishtirokchilaridan biri bo‘lgan Hindiston bilan muzokaralarning yakunlanishi O‘zbekistonning JSTga to‘laqonli aʼzo bo‘lishini tezlashtiradi va savdo-investitsiyaviy hamkorlikni yana-da kengaytirishga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish