O‘zbekiston elchisi Yaponiya parlamenti Maslahatchilar palatasi raisi bilan uchrashdi
Iyun 01, 2026. 19:55 • 2 daq
• 44
TOKIO, 1-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Yaponiya parlamenti Maslahatchilar palatasi raisi Masakadzu Sekiguti bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Yaponiya munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, parlamentlararo hamkorlik masalalari hamda ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Masakadzu Sekiguti O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va ular natijasida erishilayotgan yutuqlarning muhimligini taʼkidlab, mamlakatning xalqaro nufuzi barqaror o‘sib borayotganini eʼtirof etdi.
Shuningdek, u O‘zbekiston Prezidentining 2025-yil dekabr oyida Yaponiyaga amalga oshirgan davlat tashrifi hamda “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti birinchi sammiti ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqqanini alohida taʼkidladi.
Tomonlar parlament diplomatiyasi va parlamentlararo almashinuvlarni yana-da faollashtirish muhim ekanini qayd etdilar.
Uchrashuv yakunida joriy yil sentyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Yosh parlamentarilar global anjumanida Yaponiya parlamenti vakillarining ishtirok etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

O‘zbekistonlik iqtidorli yoshlar uchun Germaniyada maxsus yozgi o‘quv kurslari tashkil etilishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston elchisi Buyuk Britaniyaning Sharqiy Sasseks grafligidagi yetakchi oliy taʼlim muassasalari rahbariyati bilan uchrashdi


