“Infozakon”: O‘zbekiston va O‘mon savdo-iqtisodiy hamkorlikning yangi arxitekturasini shakllantirmoqda

Noyabr 16, 2026. 15:00 • 2 daq

• 120
“Infozakon”: O‘zbekiston va O‘mon savdo-iqtisodiy hamkorlikning yangi arxitekturasini shakllantirmoqda

OSTONA, 16-noyabr. /“Dunyo” AA/. Qozog‘istonning “Infozakon” axborot portalida “O‘zbekiston – O‘mon: yangi davr va hamkorlik imkoniyatlari” sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Nashrda qayd etilishicha, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar an’anaviy diplomatik muloqotdan ko‘p qirrali amaliy hamkorlik bosqichiga o‘tmoqda. O‘zbekiston O‘mon uchun Markaziy Osiyodagi muhim iqtisodiy hamkorga, O‘mon esa O‘zbekiston uchun Fors ko‘rfazi mintaqasidagi istiqbolli logistika sherigiga aylanishi mumkin.

Hukumatlararo komissiya ushbu jarayonning muvofiqlashtiruvchisi sifatida namoyon bo‘lmoqda. 2024-yil sentyabr oyida Maskatda tomonlar uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish, ikki tomonlama Ishbilarmonlar kengashini tuzish hamda qo‘shma biznes-forum o‘tkazish masalalarini muhokama qildi.

Materialda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi hozircha iqtisodiyotlarning mavjud imkoniyatlariga to‘liq javob bermayotgani ta’kidlangan. Maskatdagi uchrashuvda Imtiyozli savdo va investitsiyalarni himoya qilish to‘g‘risidagi bitim, bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish hamda O‘monning erkin iqtisodiy zonalari imkoniyatlaridan foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi. “UzOman” investitsiya kompaniyasi O‘zbekistonda hozirgacha o‘ndan ziyod loyihani moliyalashtirgan.

Transport va logistika sohasiga alohida e’tibor qaratildi. Dengizga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqish imkoniyati bo‘lmagan O‘zbekiston uchun “O‘zbekiston–Turkmaniston–Eron–O‘mon” transport koridori strategik ahamiyatga ega.

Yil o‘rtasida “Oman Air” aviakompaniyasi Maskat–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga uch marta muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi. Shuningdek, “yashil” energetika, raqamli savdo, turizm va akademik almashinuvlar ham istiqbolli yo‘nalishlar sifatida e’tirof etildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish