“Interfaks” AA: O‘zbekiston-2030-yilga borib aniqlangan uran zaxiralari hajmini 200 ming tonnaga yetkazishni ko‘zda tutmoqda

Noyabr 15, 2026. 10:30 • 2 daq

• 128
“Interfaks” AA: O‘zbekiston-2030-yilga borib aniqlangan uran zaxiralari hajmini 200 ming tonnaga yetkazishni ko‘zda tutmoqda

MOSKVA, 15-noyabr. /“Dunyo” AA/. Rossiyaning yetakchi “Interfaks” axborot agentligida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Navoiyuran” davlat korxonasi va “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ rejalari bilan tanishganiga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada qayd etilishicha,-2030-yilga borib mamlakatda 16 turdagi muhim xomashyoni ishlab chiqarish hajmi 2,7 milliard dollardan oshishi kutilmoqda. Shu jumladan, uran ishlab chiqarishni joriy yildagi 7,5 ming tonnadan 15 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilgan. Uranning qidirib topilgan zaxiralari hajmini esa 200 ming tonnaga yetkazish ko‘zda tutilgan.

Prezident muhim minerallar sohasidagi loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. Hozirda o‘zlashtirilgan 5 turdagi mahsulotga (volfram, molibden, selen, tellur va reniy) qo‘shimcha ravishda yana 11 turdagi mahsulot, jumladan, nikel, kobalt, grafit, surma, qalay va mis ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish lozimligi belgilandi. Volframni chuqur qayta ishlash loyihalari 1,1 milliard dollar miqdoridagi investitsiyalarni jalb etishni ko‘zda tutadi.

Shuningdek, yil oxiriga qadar O‘zbekiston texnologik metallar kombinatida 12 ta investitsiya loyihasini ishga tushirish, “Navoiyuran” korxonasi tomonidan esa geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish va 250 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgani alohida ta’kidlangan.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish