O‘zbekiston moliya tizimi xalqaro iqtisodiyotga tobora integratsiyalashmoqda
Sentabr 14, 2026. 20:00 • 2 daq
• 120
MOSKVA, 14 sentyabr. /“Dunyo” AA/. Rossiyaning “Obshestvennaya slujba novostey” (OSN) portalida O‘zbekiston moliya tizimining xalqaro iqtisodiyotga integratsiyalashuviga bag‘ishlangan maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Nashrda yozilishicha, mamlakat mustaqilligining 35-yilligi arafasida rekord ko‘rsatkichlar qayd etildi. 2025-yilda tashqi savdo aylanmasi 81 milliard dollardan oshib, 20,7 foizga o‘sdi. O‘zbekiston va dunyo o‘rtasidagi iqtisodiy masofa qisqarmoqda, aloqalar geografiyasi MDH, Osiyo, Yevropa va boshqa mintaqalarni qamrab olmoqda.
2026-yilning birinchi yarmida transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 9,3 milliard dollarga yetdi. Ularning 50 foizdan ortig‘ini bank kartalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri P2P-operatsiyalar tashkil etdi. Yevropa va AQSHdan pul o‘tkazmalari ulushining ortib borayotgani moliyaviy oqimlarning diversifikatsiya qilinayotganidan dalolat beradi.
Materialda milliy platformalarning texnologik moslashuvchanligiga alohida e’tibor qaratilgan. Integratsiyaning yorqin misoli sifatida mobil ilovalar orqali “HUMO” to‘lov tizimi hamda “Alipay+” xalqaro platformasining qo‘shma texnologik yechimi keltirilgan.
Shuningdek, “Silk Road Finance & Technology” forumida “Open Banking” tizimini joriy etish va yagona hamkorlik standartlarini yaratishga qaratilgan sohani 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi taqdim etilgani ma’lum qilingan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi