Logo

Pokiston OAV: O‘zbekiston Prezidenti Murojaatnomasining asosi «inson qadri – mahalla – farovonlikning oshishi» tamoyili atrofida shakllangan

Yanvar 05, 2026. 09:42 • 2 daq

299
Pokiston OAV: O‘zbekiston Prezidenti Murojaatnomasining asosi «inson qadri – mahalla – farovonlikning oshishi» tamoyili atrofida shakllangan
Pokiston OAV: O‘zbekiston Prezidenti Murojaatnomasining asosi «inson qadri – mahalla – farovonlikning oshishi» tamoyili atrofida shakllangan

ISLOMOBOD, 5-yanvar. /“Dunyo” AA/. Pokistonning «Islamabad Post», «Centre Line» va «Times of Central Asia» kabi ommabop ommaviy axborot vositalari «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yilga mo‘ljallangan Murojaatnomasining lingvistik tahlili» sarlavhali maqolani eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Nashrlarda maʼlum qilinganidek, 2025-yil 26-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomani taqdim etdi. O‘zbekiston Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari tomonidan davlat rahbarining chiqishini lingvistik kontent-tahlili amalga oshirildi. Tahlil zamonaviy lingvistik usullar qo‘llanilgan holda amalga oshirilib, maʼnoviy aksentlar, asosiy tushunchalar va ularning o‘zaro bog‘liqliklarini aniqlashga qaratilgan. Shuningdek, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini yaqqol aks ettiradigan «so‘zlar buluti» va diagrammalar tayyorlandi.

«O‘zbekiston Prezidenti Murojaatnomasida jami 9 135 ta so‘z qo‘llangan. Lingvistik tahlil natijalariga ko‘ra, maʼruzada “mahalla” (49 marta), “aholi” (35 marta), “iqtisodiyot” (28 marta), “bozor” (26 marta), “loyiha” (25 marta), “texnologiya” (22 marta), “taʼlim”, “natija” va “daromad” so‘zlari har biri 20 martadan, “tadbirkor” va “sanoat” (19 martadan), “suv” (18 marta), “elektr” va “hudud” (17 martadan), “yoshlar”, “infratuzilma” va “qurilish” (16 martadan) ishlatilgan. Shuningdek, tahlilda ikki va uch so‘zli birikmalar ham batafsil o‘rganilgan», — deyiladi maqolalarda.

Qayd etilishicha, tahlil davlat siyosatining markazida kelgusi besh yil uchun aniq strategik vazifalar bilan birga mahalla, aholi farovonligi hamda iqtisodiy va texnologik o‘zgarishlar asosida rivojlanishning yangi bosqichiga o‘tishi turganini ko‘rsatadi.

Shuningdek, taqdim etilgan tahlilda O‘zbekistonning yaqin yillardagi davlat siyosatining turli yo‘nalishlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ko‘rsatuvchi asosiy so‘zlar ajratib ko‘rsatilgan.

Xususan, iqtisodiyotni texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazish davlat siyosatining markaziy elementi sifatida baholanib, xomashyoga asoslangan modeldan yuqori texnologiyali sanoatga o‘tishni nazarda tutadi. Bu yo‘nalish “investitsiya”, “texnologiya”, “bozor” va “mahsulot” kabi tushunchalar bilan chambarchas bog‘liq.

Leksikani yo‘nalishlar bo‘yicha strukturalash natijalariga ko‘ra, nutq markazida iqtisodiyotni texnologik modernizatsiya qilish hamda “mahallabay” tizimiga asoslangan insonga yo‘naltirilgan boshqaruv modeli turgani aniqlandi.

Nashrlarda qayd etilishicha, tashqi siyosat blokida O‘zbekistonning ochiqligi, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash va global iqtisodiy tizimga integratsiyalashuvi taʼkidlangan.

«Lingvistik tahlil davlat rahbarining ushbu chiqishining asosi islohotlar maqsadi barqaror o‘sish, aholi hayot sifatini oshirish va O‘zbekiston pozitsiyalarini yanada mustahkamlash sifatida «inson qadri – mahalla – farovonlikning oshishi» bog‘lanmasi atrofida shakllanganini tasdiqlaydi», – deyiladi maqolalar xulosasida.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Samandar Xodjiyev

samandar@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish